
"Barselona" Flik bilan kelishib oldi
Xans- Diter Flik "Barselona" bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytiradi. Bu haqda "Marca" nashri ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, tomonlar allaqachon hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha kelishib olgan. Klub va bosh murabbiy so‘nggi kunlarda muzokara olib bordi. Biroq, ular shartnoma uzaytirilishi faqat mavsum yakunidan so‘ng kuchga kirishiga kelishib oldilar.
Hal qiluvchi fikr shundan iborat bo‘ldiki, hozirda jamoaning trebl yutish imkoniyati mavjud bo‘lgani uchun, ularga hech qanday chalg‘ituvchi omillar kerak emas. Barcha e’tibor yaqin kunlarda jamoaning La Ligadagi o‘yinlari, Ispaniya Kubogi finali va Chempionlar Ligasi yarim finaliga qaratilishi lozim.
Bundan tashqari, murabbiyning o‘zi avvalroq uzoq muddatli shartnomalar tuzishdan ko‘ra, shartnomalarni yilma-yil uzaytirishni ma’qul ko‘rishini aytgan edi.
Fikrlar