“Barselona” etakchisidan voz kechdi

  • 6 iyul, 2022, 14:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati tajribali yarim himoyachi Serxio Buskets bilan shartnoma uzaytirishni istamayapti.

Tecno

Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga etadi. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi 33 yoshli ispaniyalikni asosiy jamoaning etakchi o‘yinchisi sifatida ko‘rayotganiga qaramay, klub 2022/23 yillar Buskets uchun "Barselona"dagi oxirgi mavsum bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Uning faoliyatidagi navbatdagi jamoa katta ehtimol bilan "Inter Mayami" bo‘ladi. Oldinroq bu klubga Jordi Alba ham o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Buskets 2008 yilda "Barselona"ning asosiy jamoasiga kelib qo‘shilgan va bugungi kungacha klub sharafini himoya qilib keladi. U hozirgacha La Ligada 451 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!