"Barselona" etakchisi jarohat olib, maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etdi(foto)

  • 22 noyabr, 2020, 05:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatining 10-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Tecno

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Anxel Korrea va Pike o‘zaro to‘qnashib ketdi. Argentinalik futbolchi Jerarning oyog‘ini bosib oldi. Natijada, jarohat olgan himoyachi maydonni shifokorlar yordami bilan tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga 62-daqiqada Serjino Dest o‘yinga qo‘shildi. Pike esa ko‘z yoshlari bilan maydonni tark etdi.

"Atletiko" Ispaniya chempionatining sakkiz turida 20 ochko to‘plagan va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Barcelona" esa o‘ninchi pog‘onani band etgan.

photo_2020-11-22_04-12-13

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!