"Barselona" dunyoning eng zo‘r futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu Messi emas

  • 12 mart, 2022, 16:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchining Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha o‘tkazayotgan muzokaralarini diqqat bilan kuzatib boradi.

Agar Polsha terma jamoasi a’zosi 2023 yilda tugaydigan shartnomasini tez orada yangilamasa, “Barselona” uni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ayni damdagi transfer qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!