
"Barselona" de Yongni qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Myunxennning "Bavariya" klubi niderlandiyalik yarim himoyachi uchun Kataloniya klubiga 50 million evro taklif qilgan. O‘z navbatida "ko‘k-anorranglilar" futbolchi uchun faqatgina 90 million evrolik takliflar kelib tushsagina, uni sotish haqida o‘ylab ko‘radi.
Avvalroq, De Yongning o‘zi har qanday holatda ham "Barselona"ni tark etmasligi haqida xabar bergandi.
Fikrlar