
"Barselona" Buskets o‘rniga 3 ta nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘ydi
“Barselona” rahbariyati yozda 33 yoshga to‘ladigan yarim himoyachi Serxio Buskets o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” bu o‘ringa 3 ta futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Gap Manuel Lokatelli («Sassuolo»), Eduardo Kamavinga («Renn») va Mikel Merino («Real Sosedad») haqida ketmoqda.
Buskets “Barselona”da 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilga qadar imzolangan.
Buskets joriy mavsum Ispaniya chempionatida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda jamoasining 4 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar