"Barselona" bu yil Gamper kubogida qaysi jamoa bilan o‘ynaydi?

  • 13 sentabr, 2020, 17:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bu mavsum Gamper kubogida La Liga debyutanti hisoblangan "Elche"ga qarshi o‘ynaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gamper kubogi bu har yili o‘tkaziladigan o‘rtoqlik tarzidagi turnir hisoblanadi. Bu yilgi musobaqa 19 sentyabr kuni "Kamp Nou" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Gamper kubogi 1966 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Unda eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa bu "Barselona" hisoblanadi. Ular jami 41 marta g‘olib chiqishgan. Unda shuningdek, "Kyoln","Uypesht", "Borussiya"M, "Internasonal", "Portu", "Mexelen", "Manchester Siti", "Tenerife", "Valensiya", "Yuventus" va "Sampdoriya" klublari ham zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!