“Barselona” bu futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashi tasdiqlandi

  • 6 iyul, 2022, 16:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iqtidorli yarim himoyachi Gavi keyingi mavsumlarda ham "Barselona"da o‘ynashda davom etadi. Bu haqida Kataloniya klubi sport direktori lavozimini ishlab kelayotgan Mateu Alemani ma’lum qildi.

Tecno

"Gavi 100% "Barselona"da o‘ynashni davom ettiradi. U boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamayapti. Biz allaqachon yangi shartnoma borasida bir qarorga kelganmiz. Ishonamanki, yaqin orada bu haqida rasman ma’lum qilinadi”, — deydi Alemani.

Gavining "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

17 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsum "Barselona"ning asosiy jamoasi tarkibida 46 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobida ikkita gol va oltita golli yozdirib qo‘yishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!