
"Barselona" bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy nomzod nomi ma’lum bo‘ldi
Gollandiyaning "Ayaks" klubi bosh murabbiyi Erik Ten Xag "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar prezidenti Joan Laportaga yoqadi. Ronald Kuman vazifasidan ozod etilsa, Ten Xag uning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod.
Mutaxassisning Katalon klubi bosh murabbiyiga aylanishi haqidagi xabar bundan avval ham aytilgandi. Niderlandiyalik murabbiyning o‘zi esa "Ayaks"da faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan.
Ten Xag bungacha PSV hamda "Utrext" klublarini ham boshqargan.
Fikrlar