
“Barselona” “bomba” transfer tayyorlayapti
“Barselona” mutasaddilari 36 yoshli to‘purar Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirishni to‘xtatgani yo‘q.
Euro-football va TodoFichajes kabi manbalarning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar “Inter” to‘purar Lautaro Martinesni nishonga olgan.
Aslida “Barselona” argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun avval ham harakat qilgan edi. Biroq Lautaro o‘shanda bor e’tiborini “Inter”ga qaratigini ma’lum qilib, “Barselona” taklifini qabul qilmagan.
Biroq “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta Martinesni olish fikridan qaytmagan edi. Endi klub prezidenti bu transferni shaxsan o‘zi amalga oshirmoqchi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Laporta Martinesning manfaatlarini himoya qilayotgan mutasaddilar bilan muloqotni boshlab yubordi.
27 yoshli Lautaro Martinesning transferi “Barselona”ga qimmatga tushadi. Shu bois, kataloniyaliklar kamida ikki o‘yinchisini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. “Inter” savdo jarayonida transferga “Barselona” futbolchilarini qo‘shish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyorligi, biroq bunga qo‘shimcha tarzda keladigan mablag‘ 50 million evrodan pasayib ketmasligini istayotgani aytilmoqda.
Fikrlar