“Barselona”: Biz uni raqibga berib qo‘ymaymiz!

  • 12 iyul, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoani tark etishi kutilayotgan Antuan Grizmanni “Atletiko”ga qaytarmaslikka qaror qildi. Avvalroq, kataloniyaliklar frantsiyalik hujumchini sobiq jamoasiga jo‘natib, uni Saul Nigesga almashtirmoqchiligi aytilgandi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” xo‘jayinlari Luis Suares bilan bo‘lgan voqea takrorlanishini istamayapti. Ma’lumki, kataloniyaliklar o‘tgan yili urugvaylik futbolchini majburan jamoadan ketkazgan edi.

Luis Suares “Atletiko”ga kelib muhim gollari bilan jamoani Ispaniya chempioniga aylantira oldi.

Shu bois, “Barselona” Grizmanni ham chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqobatchilariga berib qo‘ymoqchi emas. Grizmannga Ispaniyadan tashqari Angliya, Frantsiya va Italiyadan manfaatli takliflar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!