“Barselona” bir necha o‘yinchisini mashhur klubga o‘tkazishi kutilyapti

  • 23 avgust, 2024, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish rejasidan qaytgani yo‘q. Kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli barqaror emasligi klub mutasaddilarini vaziyatdan chiqish uchun topqirlik qilishga undamoqda.

Tecno

“Barsa” yozgi transferlar yopilguniga qadar “Milan”dan hujumchi Rafael Leauni olishni rejalashtirgan edi. Milanliklar portugaliyalik o‘yinchi uchun 175 million evro talab qildi.

Mundodeportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklar bu pulning yarmini ham berolmaydi. Biroq “Milan” Kataloniya klubining bir necha futbolchisiga qiziqayotganini inobatga olib, ularni savdoga qo‘shmoqchi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” xo‘jayinlari Rafinya, Andreas Kristensen, Ferran Torres va Alexandro Baldeni Milanga jo‘natishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!