
"Barselona" ayollar jamoasi jahon rekordini o‘rnatdi
"Barselona" ayollar jamoasi jahon rekordini o‘rnatdi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” milliy chempionatda ketma-ket 50 ta o‘yinda g‘alaba qozongan futbol tarixidagi birinchi jamoa bo‘ldi.
Kecha “Barselona” ayollar jamoasi yubiley uchrashuvida “Las-Palmas” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklarning so‘nggi mag‘lubiyati esa 2021 yilning iyuniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda ular "Atletiko"ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Shundan so‘ng "Barselona" ketma-ket 50 ta o‘yinda zafar quchdi va ushbu uchrashuvlarda raqib darvozasiga 247 ta gol urdi hamda o‘z darvozasidan 19 ta gol o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Barselona” erkaklar jamoasi ham peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar