“Barselona” asosiy futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi. Ular orasida Messi bormi?

  • 21 oktabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Chempionlar ligasining birinchi turidan keyin jamoaning bir guruh futbolchilari bilan shartnomani yangiladi.

Tecno

Ma’lumotlarga qarganda, klub xo‘jayinlari darvozabon Mark-Andre ter Shtegen,  himoyachilar  Kleman Langle va Jerar Pike, yarim himoyachi Frenki De Yong bilan hamkorlikni uzaytirish masalasini ijobiy hal qildi.

Unga ko‘ra, Pike 2024 yilning 20 iyunigacha, ter Shtegen 2025 yilning yozigacha Kataloniya klub sharafini himoya qiladi. Yosh o‘yinchilar – Langle va de Yong yana olti yil davomida “Barselona” libosida to‘n suradi.

“Barselona” rahbariyati jamoa etakchisi Lionel Messini yangi shartnoma bo‘yicha muzokaraga ko‘ndira olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!