“Barselona” “Arsenal” futbolchisini sotib olmoqchi

  • 25 iyul, 2022, 12:37
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Futbolchi o‘tgan mavsumni "Betis"da ijara asosida o‘tkazgan, shundan so‘ng u yana "Arsenal"ga qaytdi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi mavsum futbolchini rejalariga kiritmagan.

Andalusiya klubi Ektorni to‘liq sotib olishga qarshi emas, ammo himoyachining narxi ularni qoniqtirmayapti.

"Barselona" ham vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi va shu bois,  Beleringa jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Fichajes” nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini Sezar Aspilikuetaning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, unga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Himoyachi o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 23 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!