"Barselona" APL klubidan futbolchi sotib olishni ko‘zlamoqda

  • 11 may, 2020, 17:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Uotford"ning chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyanni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli ekvadorlik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi va buning uchun APL klubiga 10 mln evro taklif qilishmoqchi. Barselona” Pervisni sotib olishi bilan darhol "Valyadolid"ga ijaraga berib yubormoqchi.

Ta’kidlash lozimki, Estupinyan so‘nggi ikki mavsumni "Osasuna" safida ijarada o‘tkazmoqda. U bu mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!