"Barselona" Afrika mamlakati bilan bir necha million evrolik shartnoma imzoladi

  • 30 iyul, 19:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Kongo Demokratik Respublikasi bilan homiylik shartnomasini imzoladi.

Tecno

Kataloniya klubi va Kongo Demokratik Respublikasi hukumati "futbol, sport madaniyati va tinchlikni targ‘ib qilish"ga qaratilgan to‘rt yillik hamkorlikni e’lon qildi.

"Kelishuv Kongo DRda ko‘p qirrali sportni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishni aks ettiradi, klub esa o‘z navbatida "Barsa" modeli va uslubining ajralmas qismi bo‘lgan o‘z qadriyatlar tizimini etkazib berish orqali mamlakat yosh sportchilarining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Klub Barça Academies tarmog‘i orqali mintaqadagi bolalar uchun futbol, basketbol, gandbol, futzal va rolikli xokkey kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan sport tadbirlari dasturini, jumladan, mashg‘ulot lagerlari va klinikalarni tashkil etadi va rivojlantiradi", - deyiladi klub bayonotida.

Hamkorlik doirasida "Barselona"ning barcha professional jamoalarining mashg‘ulot formalarida keyingi to‘rt mavsum davomida - 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha "R.D. Congo - Cœur d’Afrique" ("Kongo DR - Afrika yuragi") logotipi aks ettiriladi. Bu yozuv klubning reklama materiallarida ham paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, yangilangan "Kamp Nou"da "Kongo DR uyi" ochiladi. Bu "Kongo DR madaniy xilma-xilligi va sport an’analari"ni namoyish etadigan immersiv ko‘rgazma bo‘ladi.

Mundo Deportivo xabar berishicha, Afrika davlati "Barselona"ga yiliga 10 milliondan 11,5 million evrogacha maosh to‘laydi. Umumiy hisobda butun davr uchun taxminan 44 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!