"Barselona" 3 nafar futbolchisini transferga qo‘yadi

  • 17 iyul, 2021, 18:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.

Tecno

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga qaraganda, "ko‘k anor-ranglilar" shu tariqa maoshga ketayotgan xarajatlarni kamaytirmoqchi. Kataloniya grandi himoyachi Samyuel Umtiti, yarim himoyachi Miralem Pyanich va hujumchi Martin Breytueytni transferga qo‘ymoqchi.

Oldinroq Turinning "Yuventus" Pyanichni qaytarishni istayotgani va nomi oshkor qilinmagan Rossiya klubi Breytueytni xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ronald Kuman boshqaruvidagi “Barsa” o‘tgan mavsum Ispaniya kubogida g‘olib chiqdi, ammo La Ligada 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!