
"Barselona" - "Manchester Siti" o‘yinidan tushgan foyda xayriya yo‘lida ishlatiladi
Bugun "Barselona" jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida "Manchester Siti" bilan kuch sinashadi.
Ushbu bahs Kataloniyadagi muhtasham "Kamp Nou" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da start oladi.
Mazkur o‘yindan tushgan foyda xayriya yo‘lida ishlatiladi. Ikki klub o‘zaro kelishgan holda shunday qarorga kelgan.
Fikrlar