
"Barselona" - "Bavariya". Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi
Bugun Chempionlar ligasining navbatdagi turi doirasida "Barselona" - "Bavariya" jamoalari bahs olib boradi.
"Ko‘k-anorranglilar" "Bavariya"ga qarshi ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba nima ekanligini bilmay kelmoqda.
Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda "Barsa"ning g‘alabasiga ishonmoqda: "Barselona" 3:2 "Bavariya"
"SportMole" ham mezbonlarning zafar quchishini taxmin qildi: "Barselona" 3:1 "Bavariya"
"Sportingnews" nashrining yozishicha minimal ustunlikda mehmonlarning qo‘li baland keladi: "Barselona" 1:2 "Bavariya"
Mashhur "90MIN" nashrining taxminiy hisobi: "Barselona" 2:1 "Bavariya"
Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 2:1 hisobida "Barsa" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar