“Barsa”ning 18 yashar o‘yinchisi Ronalduning yoniga bormadi

  • 25 sentabr, 06:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselon”ning 18 yoshli futbolchisi Mark Bernal yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lgani xabar qilindi.

Tecno

Jurnalist Gabriel Sansning ma’lum qilishicha, yozda kataloniyaliklarning iste’dodli o‘yinchisini “Chelsi” va “An-Nasr” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan.

Manbaga ko‘ra, londonliklar Mark Bernalni tajriba va malaka oshirishi uchun avval “Strasburg”ga ijaraga berishni rejalashtirgan.

Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” esa, Markning yosh ekaniga qaramay, asosiy tarkibdan joy berilishini kafolatlagan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni klubi yaxshi maosh ham taklif qilgan.

Shunga qaramay, Mark Bernal “Barselona”da qolishga qaror qildi. Bu o‘yinchi og‘ir jarohat tufayli bir yil davolandi. Endi u sport formasini tiklab, Xans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibiga kirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!