“Barsa”ga o‘tsam, ishlarim yurishib ketadi

  • 31 yanvar, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordning jamoadagi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Bosh murabbiy Ruben Amorim uni o‘ynatmaslikdan tashqari, o‘zaro muloqotni ham cheklab qo‘ydi.

Tecno

Bu holatda hujumchining o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi haqida orzu qilish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Amorim Markusga nisbatan munosabatini o‘zgartirmoqchi emas. Portugaliyalik mutaxassis klub tarbiyalagan o‘yinchi “Manchester Yunayted” uchun o‘ynashni istamayotganini bildirdi.

Reshfordning maoshi yuqoriligi uni Evropaning boshqa klublariga o‘tishiga to‘sqinlik qilyapti. Markusning o‘zi “Barselona”da to‘p tepishni istayapi. Kataloniyaliklar uning maoshini ko‘tara olmasligi aniq.

Shunga qaramay, 27 yoshli to‘purar “Barsa”da o‘ynash uchun maosh talabini pasaytirishga tayyor. U kataloniyaliklar bosh murabbiyi  Xans-Diter Flik qo‘l ostida o‘yini ochilib ketishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!