
“Barsa”dan xafa bo‘lib ketgan yulduz Meksikadan boshpana topdi
“Barselona” tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri Dani Alves faoliyatini Meksikaning “Pumas” jamoasi safida davom ettiradigan bo‘ldi.
Braziliyalik o‘yinchi o‘tgan yili yozda “Barselona”ga yordam berish uchun kelgandi. O‘tgan mavsumda 39 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Lekin Xavi unga yangi shartnoma taklif qilishni istamadi va Dani Alves Kataloniyadan ketishga majbur bo‘ldi.
Alvesning “Pumas” bilan tuzgan shartnomasi muddati va uning moliyavsiy tomonlari oshkor etilmadi.
Dani Alves jahon futbolida eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan o‘yinchi sifatida tarix sahifalaridan joy olgan.
Fikrlar