"Barsa"dan ketadigan yana bir futbolchining nomi ma’lum bo‘ldi
“Barselona” rahbariyati o‘tgan mavsumda ijarada ishonchli o‘yin namoyish etgan Karles Alenyani asosiy jamoaga qaytargan edi.
Alenyaga asosiy tarkibda to‘p surishga loyiq ekanini isbotlashi uchun imkon berildi. Biroq, 22 yoshli yarim himoyachi mashg‘ulotlarda bosh murabbiy Ronald Kumanning ishonchini qozona olmadi. Buning oqibatida Kuman Karlesni La Ligada birorta uchrashuvda maydonga tushirgani yo‘q.
Endi kataloniyaliklar Alenyani qishki transferlar vaqtida ijaraga berib yuboradi. Hozircha, bu futbolchini olishga “Tottenxem” va “Milan” asosiy dav’ogar bo‘lib turibdi.
Karles Alenyaning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi.



Fikrlar