
“Barsa”dan haydalgan Xavi endi nima qilishini aytdi
“Barselona” rahbariyati jamoa bosh murabbiyligidan Xavi Ernandesni iste’foga chiqarib, o‘rniga Xans-Diter Flikni olib kelishga qaror qilgan.
Ishini yo‘qotgan ispaniyalik mutaxassis endi nimalar qilishi haqida gapirdi.
- Faoliyatimdagi keyingi qadam qanday bo‘ladi? Men tanaffus olaman. Hordiq chiqarishga ehtiyojim bor.
Keyin esa, bo‘ladigan takliflarni muhokama qilib chiqaman. Ko‘ramiz, kelajakda nimalar bo‘larkin, - dedi Xavi Ernandes.
Xavi Ernandes “Barselona”ni ikki yarim yil davomida boshqarib, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar