
“Barsa”dan “bomba” transfer: Laporta Xolandni olish yo‘lini topdi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni olish orzusidan qaytgani yo‘q.
Kataloniyalik mutaxassislar norvegiyalik futbolchining manchesterliklar bilan tuzgan 9,5 yarim yillik yangi shartnomasini o‘rganib chiqib, undan Xolandni olish imkonini beruvchi bandlarni aniqlab chiqdi.
El Nacional nashrining yozishicha, shartnoma imzolangani bilan bu Erling Xoland yana o‘n yil Manchesterda qoladi, degani emas. Uning kelishuvida futbolchini boshqa klubga o‘tishini ta’minlovchi shartlar ham bor.
Ulardan birida agar “Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasida yo‘llanma olmasa, boshqa jamoaga o‘tish imkoniyati tug‘iladi. Joan Laporta aynan mana shu band ishga tushishini ko‘zlab turibdi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Joan Laportaning orzusi amalga oshmasligi ham mumkin. Chunki Xolandga kataloniyaliklarga qaraganda moliyaviy tomondan ancha baquvvat bo‘lgan “Real” va “Pari Sen-Jermen” ham ko‘z tikib turibdi.
Fikrlar