“Barsa”dagi qariyalarga xushxabar

  • 30 avgust, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati moliyaviy inqiroz ta’sirini kamaytirish uchun jamoaning yoshi katta futbolchilari Jerar Pike hamda  Serxio Busketsning maoshini pasaytirishga qaror qilgan va bu haqda ularni ogohlantirgan edi.

Tecno

Diario Sport nashrining xabar berishicha, klub mutasaddilari bu fikridan qaytgan va har ikki o‘yinchining vakillari bilan bu borada o‘tkazilayotgan muzokaralarni to‘xtatgan.

Ayni paytda kataloniyalikar bosh murabbay Xavi Ernandesga kerak bo‘lmay qolgan hujumchilar – Memfis Depay, Martin Breytueyt va Per-Emerik Obameyangni boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, uchala o‘yinchi bo‘yicha turli jamoalardan qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!