“Barsa”da nima bor, bizga kel! Evropaning mashhur klubi Levandovskini chaqirdi
“Barselona” joriy mavsum oxirida polshalik to‘purar Robert Levandovski bilan xayrlashadigan bo‘lgan. Ispaniyaning amaldagi chempioni bo‘lgan jamoa bosh murabbiy Xans-Diter Flik 37 yoshli hujumchining samaradorligi tushib ketganidan norozi.
Levandovskiga qiziqish bildirib kelayotgan Saudiya Arabistoni klublari hujumchini o‘z safiga taklif eta boshladi. Robert bu chorlovlarni qabul qilgani yo‘q. U hali Evropada o‘ynash istagi borligini yashirayotgani yo‘q.
Polshalik to‘purarga bu imkoniyatni “Milan” yaratib bermoqchi. Milanliklar sport direktori Igli Tare futbolchining agentlari bilan aloqa o‘rnatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Milan” Robert Levandovskining 13 million evro miqdoridagi yillik maoshini to‘lashga qiynaladi. Agar to‘purar bu jamoaga o‘tadigan bo‘lsa, maosh talabini pasaytirishi kerakligi aytilmoqda.



Fikrlar