“Barsa”da menga ishonishmadi!

  • 6 may, 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik qo‘l ostida “Barselona”ning eng foydali o‘yinchilaridan biriga aylangan Rafinya bu darajaga etishgunicha ancha qiyinchiliklarga duch kelganini ta’kidladi.

Tecno

Braziliyalik hujumkor futbolchi Kataloniyada kelganidan keyin avvalgi bosh murabbiy Xavi unga ishonch bildirmaganini aytib o‘tdi.

- Murabbiylar shtabi va bosh murabbiy menga ishonmayotganini shundoq sezib turardim. Tarkibga kiritishga boshqa o‘yinchi qolmaganidagina men 90 daqiqa o‘ynashim mumkin edi. Borimni berib harakat qilardim, uchrashuvlarda yutsak ham, mening joyimda o‘ynay oladigan biror futbolchi chiqishiga bosh murabbiy o‘ylab o‘tirmay tarkibga uni kiritardi.

Vaziyatni o‘nglash uchun murabbiy bilan bir necha bor gaplashib ko‘rganman. Lekin hech narsa o‘zgargani yo‘q. Xavi bilganidan qolmas edi, - dedi Rafinya.

Rafinya “Barselona”ga 2022 yilning yozida olib kelingan. Xavi esa, jamoani 2021-2024 yillar davomida boshqargan. O‘sha paytlar klub braziliyalik futbolchini bir necha bora sotib yuborishga uringan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!