“Barsa”da Levandovskidan katta maosh oladigan futbolchi paydo bo‘ldi

  • 9 sentabr, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng mashhur futbolchisi sifatida Robert Levandovski e’tirof etiladi. “Bavariya”dan transfer qilingan polshalik futbolchi eng katta maosh olmas ekan.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar eng ko‘p xizmat haqini niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongga to‘laydi. Bu o‘yinchining har mavsum qo‘liga tegadigan okladi 18 million evroni tashkil qiladi.

Tajribali to‘purar Robert Levandovski esa, maoshlar ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Uning bir yillik qo‘liga oladigan mablag‘i 10 million evroga teng.

Uchinchi o‘rinda “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida kelgan Ilkay Gyundog‘an ko‘rsatilgan. Turk millatiga mansub germaniyalik o‘yinchiga soliqlarni chiqarib tashlaganda 9 million evro qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!