“Barsa”da “ketmonim uchmadi”!
“Barselona”ga tegishli bo‘lgan hujumkor futbolchi Fransishku Trinkau yozda Kataloniyani tark etishga qaror qildi. Bu o‘yinchi Kataloniyaga kelganidan beri asosiy tarkibga kira olgani yo‘q.
22 yoshli portugaliyalik o‘yinchi ayni paytda ijara asosida “Vulverxempton”da to‘p tepmoqda. Biroq, “tumanli albion” futboli ham iste’dodli charm to‘p ustasiga og‘irlik qilyapti. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va ikkita assist qayd etdi.
“Vulverxempton”da Trinkauni 25 million evroga sotib olish huquq bor. Lekin “bo‘rilar” undan foydalanmaslikka qaror qildi.
Endi Trinkau Portugaliyaga qaytib, o‘z o‘yinini tiklab olmoqchi. Evropa matbuotining yozishicha, uning keyingi jamoasi “Sporting” bo‘ladi.
Trinkau asli “Braga” tarbiyalanuvchisi. “Barselona” uni ikki yil muqaddam 31 million evro to‘lagan edi.



Fikrlar