“Barsa”da juda katta yo‘qotish!

  • 20 aprel, 19:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Selta” bilan bo‘lgan qiyin uchrashuvda raqib ustidan 4:3 hisobida zafar quchgan edi.

Tecno

Garchi kataloniyaliklar qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, mavsumning muhim pallasida asosiy to‘purari Robert Levandovskidan ayrildi. Polshalik hujumchi ikkinchi bo‘limda jarohat tufayli maydonni tark etdi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Levandovskining jarohati darajasi va davolanish muddati aniqladi. Unga ko‘ra, 36 yoshli to‘purari uch hafta davomida futbol o‘ynamaydi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, Levandovski 26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalida “Real”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, Robert Evropa Chempionlar ligasi yarim finalining ikki o‘yinida (30 aprel va 6 may) jamoasiga yordam bera olmaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yana bir “el klasiko” chempionat doirasida 11 may kuni “Real” bilan bo‘ladigan bahsda Levandovskining qatnasha olishi ham katta so‘roq ostida turibdi.

Robert Levandovski joriy mavsum juda samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. U barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 40 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!