
"Barsa"da hali birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan futbolchidan klubdagilar mamnun
"Barselona" Voytsex Shnesni bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
"Faoliyatini qayta tiklagan va mavsum oxirigacha "Barselona" bilan shartnoma imzolagan polshalik darvozabon hamon kataloniyaliklar safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Jarohat olgan Ter Shtegen o‘rnini ayni dam Inyaki Penya to‘ldirmoqda.
Shu bilan birga, klub polshalikning o‘z roliga yondashuvidan mamnun, deya xabar berdi "Marca" nashri. U o‘z rolini yaxshi tushunadi va maydonga tushish kerak bo‘lsa, qattiq ishlaydi. Manbaga ko‘ra, darvozabonning o‘zi ishiga nisbatan munosabati namunali.
"Shensni hali o‘ynamadi. U kelishidan maqsad muvozanat va raqobatbardoshlikni ta’minlash edi. U kiyinish xonasida juda pozitiv inson va doim yaxshi kayfiyat bilan keladi. Bu jamoadagi dinamika uchun muhim. Biz unga erishganimizdan xursandmiz", - dedi Deku "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar