
"Barsa" yo‘qotishga uchragan paytda "Real"da xushxabar
Killian Mbappe FIFA qit’alararo kubogi finalida ishtirok etish uchun ruxsat oldi.
"Marca" xabariga ko‘ra, "Real" hujumchisi Chempionlar ligasi 6-turi doirasida "Atalanta"ga (3:2) qarshi o‘yinda olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Bugun Mbappe shifokorlar va murabbiylar shtabi bilan "Pachuka" bilan o‘yinda maydonga tushish yoki tushmasligini muhokama qildi.
Qayd etilishicha, Kilian asosiy tarkibda maydonga tushishi ham mumkin. Anchelotti va uning yordamchilari mashg‘ulot natijalariga ko‘ra, bir qarorga kelishadi.
Avvalroq, saytimizda Lamin Yamalning jarohati haqida xabar bergandik.
Fikrlar