
«Barsa» yangi futbolchisini sotib yuboradi
”Barselona” rahbariyati niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay ko‘rsatayotgan o‘yindan norozi. Shuningdek, futbolchining yurtdoshi Lyuk De Yongning har o‘yinda urayotgan gollari sabab Xavi Depayga ehtiyoj sezmayapti.
Jamoaga Ferran Torresning kelgani ham niderlandiyalik iqtidor uchun salbiy ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda.
Ayni paytda 27 yoshli futbolchining xizmatiga ”Yuventus”, ”Roma”, ”Liverpul”, MYu kabi klublar ehtiyoj sezmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Memfis Depay joriy mavsum La Ligadagi 16 o‘yinda o‘z nomiga 8 gol va 2 assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar