
"Barsa" yangi futbolchisini ro‘yxatdan o‘tkazishda "Real" qo‘llagan usuldan foydalandi
"Barselona" Runi Bardjini ikkinchi jamoaga ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, moliyaviy feyr-pleyni ta’minlashdagi qiyinchiliklar fonida kataloniyaliklar 19 yoshli vingerni Kataloniya futbol federatsiyasi orqali "Barselona B" futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Qayd etilishicha, "Barselona" Bardjini asosiy tarkibda o‘ynatishni rejalashtirmoqda - shvetsiyalik istalgan vaqtda qaydnomaga kiritilishi mumkin. Xuddi shu tarzda "Real" Franko Mastantuononi ro‘yxatdan o‘tkazdi - argentinalik "Kastilya" futbolchisi sifatida qayd etilgan.
Shu tariqa, hozircha faqatgina Ektor Fortni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hal etilmagan - himoyachi "Barselona B" tarkibida qolsa, u ham "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Fikrlar