
“Barsa” yangi futbolchiga ega bo‘ladi
“Manchester Siti”ni tark etayotgan Erik Garsiya faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi.
- Men o‘z kelajagim va nima qilish kerakligi haqida juda ko‘p o‘yladim. O‘ylashimcha, “Barselona”ga ko‘chib o‘tish mardonavor qaror bo‘ldi. Bu qadamim to‘g‘riligiga ishonman.
Meni Pike bilan taqqoslashmoqda. Menga buning ahamiyati yo‘q, chunki biz har xil o‘yinchilarmiz. Jerar hozirgacha hamma narsaga erishib bo‘lgan va o‘z pozitsiyada eng zo‘r futbolchilardan. Uning hurmati baland. Men esa atigi 20 yoshdaman va faoliyatimni endigina boshladim.
Yagona o‘xshash tomonimiz – har ikkimiz ham “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchilarimiz va Manchester shahrida yashaganimizdir, - dedi Erik Garsiya.
Fikrlar