
“Barsa” Xoland uchun besh yulduzni sotuvga qo‘yadi
“Barselona”ning yangi prezidenti Joan Laporta islohotlarni boshlab yubordi. Tajribali mutaxassis ishni tarkibni yangilashdan boshladi.
Laporta yozgi transferlar mavsumida jamoaga “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni olib kelmoqchi. Norvegiyalik hujumchini olish uchun 100 million evro atrofida mablag‘ kerak. Shu bois, Laporta besh nafar futbolchi transferga qo‘yadigan bo‘ldi.
Kataloniyaliklar yangi transferlarga pul topish va mavjud qarzlaridan qutilish uchun Antuann Grizman, Filippe Koutino, Samuel Umtiti, Martin Breytueyt, Junior Firpo va Usmon Dembeledan voz kechishga tayyor.
Vaziyat qanday ko‘rinish olishidan qat’i nazar, Laporta Xolandni olib kelish uchun oxirigacha kurashadi.
Joriy mavsumda “Borussiya” uchun barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda 31 ta gol urib, 8 ta golli pas oshirgan Xolandga “Real”, “Chelsi”, “Bavariya”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, PSJ kabi grand klublar da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar