“Barsa” xo‘jayini Messi bilan munosabati qachon buzilganini aytdi

  • 14 oktabr, 14:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” xo‘jayini Joan Laporta klub tarkibida uzoq yillar o‘ynagan va majburat Kataloniyani tark etgan Lionel Messi bilan munosabatlar taranglashgan davrni esga oldi.

Tecno

- Uzoq vaqt mobaynida Lionel Messi bilan aloqalarimiz juda yaxshi edi. U bilan yangi shartnoma tuza olmaganimizdan keyin vaziyat o‘zgardi.

Keyinchalik o‘zaro munosabatlarimizni biroz bo‘lsa-da, tiklashga erishdik. Biz unga katta sharaflash marosimini uyushtirib bermoqchimiz. Chunki Leo bunga loyiq futbolchi, - dedi Joan Laporta.

 Messi 2021 yili “Barselona”ni tark etishga majbur bo‘ldi. Klubning iqtisodiy ahvoli unga yangi shartnoma taklif qilishga imkon bermadi. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi kataloniyaliklar safida jami 778 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 672 ta gol va 303 ta assist rasmiylashtirgan.

Argentinalik yulduz “Barselona” bilan klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlarda bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!