“Barsa” Xavi olib kelgan futbolchilardan voz kechmoqda

  • 31 may, 2024, 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Xavi Ernandesni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarganidan keyin u tanlagan o‘yinchilar bilan ham xayrlasha boshladi.

Tecno

Sport nashrining yozishicha, kataloniyaliklar yozda markaziy himoyachi Inigo Martinesni sotib yuboradi.

Ispaniyalik futbol o‘tgan yozda Xavi tashabbusi bilan erkin agent sifatida “Barselona”ga olib kelingan edi.

Martines “Barselona” safida Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Evropa chempionlar ligasida 25 ta uchrashuvda ishtirok etgandi.

Yangi bosh murabbiy Xans –Diter Flik 33 yoshli himoyachining xizmatidan foydalanmoqchi emas. Klub mutasaddilari ham uni muhim o‘yinchi, deb hisoblamaydi.

Inigo “Real Sosedad” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaga kelgunga qadar besh yil “Atletik” sharafini himoya qilgan. Himoyachiga ayni paytda “Atletiko” qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!