"Barsa" va "Real" o‘rtasidagi o‘yin uchun chiptalar sotuvga chiqqan. Narx ancha qimmat
Dallasda bo‘lib o‘tadigan "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi mavsumoldi o‘yiniga chiptalar narxi 205 dan 3200 evrogacha.
"El-klasiko" uchun chiptalarning o‘rtacha narxi - 500 evro.
"Real" va "Barsa" 30 iyulga o‘tar kechasi o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 80 000 muxlisni sig‘dira oladigan "AT&T" stadionida bo‘lib o‘tadi.
"Manchester Yunayted", "Yuventus", "Arsenal" va "Milan" ishtirok etadigan boshqa "Soccer Champions Tour" o‘yinlari uchun narxlar pastroq.
"Real" va "Milan" o‘rtasidagi o‘yin uchun eng arzon chiptalar o‘rtacha 180 evro.



Fikrlar