
“Barsa” Ispaniyada eng kam maosh oladigan yulduz bilan shartnoma imzolaydi
May oyda 39 yoshga to‘ladigan Dani Alves kelasi mavsumda ham “Barselona” sharafini himoya qilishda davom etadi.
Uzoq tanaffusdan so‘ng, Kataloniyaga qaytib kelgan braziliyalik himoyachi Ispaniya chempionati yuqori divizioni uchun belgilangan eng kam maosh – yiliga 155 ming evro olib o‘ynamoqda. Agar o‘yinchi yangi bitimni imzolasa, uning maoshi oshiriladi.
Alves 2008-2016 yillar davomida “Barselona”ning eng zo‘r o‘yinchilaridan bo‘lgan. Keyinchalik “Yuventus”, PSJ va “San-Paulu” sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi jahon futbolida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan o‘yinchi sifatida qayd etilgan.
O‘tgan yilning noyabrida Xaviga yordam berish uchun Kataloniyaga qaytgan Alves jami ettita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar