“Barsa“ uchun yana bir yo‘qotish

  • 15 fevral, 2022, 10:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona“ futbolchisi Memfis Depayning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, niderlandiyalik iqtidor sohibi kamida 2ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Hozirda uning shu haftada bo‘lib o‘tadigan “Napoli“ va “Valenciya“ga qarshi bahslarda klubiga yordam bera olmasligi aniq. Bu haqda Ispaniyaning “Diario AS“ nashri xabar bermoqda.

Katta ehtimol bilan hujumchi “Napoli“ga qarshi javob uchrashuvida maydonga qaytishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Memfis Depay joriy mavsum La Liganing 16 o‘yinida 8 gol va 2 assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!