“Barsa” uch futbolchini nishonga oldi
“Barselona” rahbariyati keyingi paytda klubning moliyaviy ahvolida ijobiy siljishlar bo‘layotganini inobatga olib, transfer bozorida faolligini oshirdi.
Kataloniyaliklar keyingi yozda maydon markazidagi pozitsiyalarni mustahkamlashga harakat qiladi.
Jamoaning germaniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesligada pishgan o‘yinchilarga e’tibor qaratmoqda. U kelasi mavsumda “Bavariya”ning ikki yarim himoyachisi – Leon Goretska va Yozua Kimmixni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar nishoniga PSJning mahoratli yarim himoyachisi Fabian Ruis ham tushdi.



Fikrlar