“Barsa”: Tezroq harakat qilaylik, shu futbolchi ham Messiga o‘xshab qo‘ldan chiqib ketmasin!

  • 26 noyabr, 2021, 13:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati joriy mavsumdan e’tiboran asosiy tarkibga qo‘shilgan Gavi bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlab qo‘yishga shoshilmoqda.

Tecno

17 yoshli futbolchi “Barselona” tarkibidagi ishonchli o‘yinlari bilan ko‘plab grand klublar e’tiborini tortmoqda. Xususan, “Chelsi” bu futbolchi uchun kataloniyaliklarga 50 million evro taklif qilib, rad javobini oldi.

Bundan xulosa chiqargan “Barselona” mutasaddilari Gavi bilan yangi bitim tuzishga qaror qildi. Uning amadagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

Joan Laporta yosh iste’dod egasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Tabiiyki, shunga yarasha Gavining maoshi ham sezilarli darajada oshadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!