“Barsa” tarbiyalagan futbolchi “Real”da o‘ynashni orzu qilyapti

  • 11 iyun, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan Karles Alenyaning kataloniyaliklar safida ishlari yurishmagan.

Tecno

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchining transfer summasi bir paytlar 30 million evrogacha ko‘tarilgan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan “Barsa” asosiy tarkibiga kira olmagan Alenya avvaliga “Betis”da ijara asosida o‘ynadi.

Kataloniyaliklar 2021 yili uni “Xetafe”ga 5 million evroga sotib yubordi.

26 yoshli Karles Alenya “Barsa”ning ashaddiy raqibi “Real”da o‘ynash varianti chiqsa, uni rad etmasligini bildirdi.

- Men umrim oxirigacha “Barselona” muxlisi bo‘lib qolaman. Lekin “Real” katta klub va men hech qachon ularga rad javobini bermayman. Men ana shunday katta klubda o‘ynashni istayman, - dedi Karles Alenya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!