
“Barsa” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozda Angliya Premer ligasida o‘ynaydigan sobiq shogirdlarini ortga qaytarishi mumkin. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” "Arsenal" futbolchisi Ektor Belerinni sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Ispaniyalik futbolchi “Chelsi” bilan shartnomasini uzaytirgan Sezar Aspilikuete uchun alternativ sifatida ko‘rilmoqda.
Buning uchun Belerin "Arsenal" bilan kelishuvni buzishi va erkin agentga aylanishi kerak, shundan so‘ng "Barselona" futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Belerinning o‘zi o‘tgan mavsumda ijara asosida o‘ynagan "Betis"ga o‘tmoqchi. “Yashil-oqlar” futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasini bekor qilishini ham kutishmoqda.
Fikrlar