“Barsa” Reshford uchun o‘z o‘yinchisini Manchesterga yuboradi

  • 24 dekabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted” bilan o‘yinchi almashtirishni mo‘ljallayapti.

Tecno

TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, Robert Levandovski o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirayotgan ispan grandi “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshfordga jiddiy qiziqib qolgan.

Kataloniyaliklar 27 yoshli angliyalik to‘purarni olish uchun Manchesterga Ansu Fatini jo‘natishga tayyor.

Ansu Fati uch yil muqaddam katta futbol sahnasida porlay boshlagan davrda “Manchester Yunayted” bu hujumkor futbolchi uchun “Barselona”ga 200 million evro ham taklif qilgandi. Biroq o‘shanda kataloniyaliklar Ansu Messining vorisi ekanini ta’kidlab, bu transferga ko‘nmagan.

Bugungi kunda Ansu Fati “Barselona”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti va klub undan tezroq qutilmoqchi. Hali manchesterliklar “Barsa”ning taklifiga munosabat bildirgani yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!