“Barsa” Rafinya o‘rniga “Siti”dan o‘yinchi oladi

  • 4 dekabr, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning  braziliyalik legioneri Savio faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Chunki hujumkor futbolchi “Barselona” nishoniga tushdi.

Tecno

Transfer News Live va Fichajes kabi nashrlarning xabar berishicha, Kataloniya grandining sport direktori Deku 21 yoshli Savioni kelasi yili “Barsa”dan ketishi mumkin bo‘lgan Rafinya Diasning o‘rniga eng munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

“Ko‘k-anorranglilar”ning hozirgi etakchisiga Saudiya Arabistonidan talab bor. “Barsa”ning moliyaviy qiyinchiliklarini hisobga olgan holda, foydali taklif qabul qilinishi ehtimoldan uzoq emas.

Savio doim ham Xosep Gvardiola jamoasining asosiy tarkibiga kira olmayapti, shu sababli yosh o‘yinchining tez orada klubdan ketishi haqida xabarlar chiqa boshladi.

Yosh braziliyalikning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evroga baholangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!