“Barsa” qadrlamagan sardorni 5 ta grand klub so‘rayapti

  • 15 iyun, 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning asosiy darvozaboni va sardori Mark-Andre ter Shtegenning klub rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari bilan munosabati buzilgan.

Tecno

Klub xo‘jayinlari yana uch yillik shartnomaga ega bo‘lgan golkiperni sotib yuborishga qaror qilgan. Ter Shtegen esa, bitim tugagunicha Kataloniyada qolishini bildirdi.

Biroq vaziyat shu yozdayoq o‘zgarishi mumkin. Evropaning beshta grand klubi nemis darvozabonini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli posbonga “Milan”, “Manchester Siti”, “Pari Sen-Jermen”, “Yuventus” va “Nyukasl Yunayted” da’vogarlik qilmoqda. Bu klublarning har biri kelasi mavsum uchun o‘ziga birinchi raqamli darvozabon qidiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!